Ukraina portlaridan qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari ortgan to‘rtta kema yo‘lga chiqdi

Ukraina portlaridan qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari ortgan to‘rtta kema yo‘lga chiqdi

Ayni paytda ushbu kemalar Istanbulga qarab suzmoqda, deb ma’lum qildi Turkiya milliy mudofaa vazirligi.

"Kemalar Istanbulning shimoliy qismida Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz nazoratchilari tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi", — deyiladi xabarda.

To‘rtta kemaning biri "Mustafa Nekati" olti tonna kungaboqar yog‘ini Italiyaga yetkazadi, Star Helena kemasi 45 tonna kungaboqar urug‘ini Xitoyga olib boradi, yana 66 tonna makkajo‘xori ortgan Glory hamda bortiga 44 tonna makkajo‘xori yuklagan Riva Wind kemalari ham Istanbulga yaqinlashmoqda.

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi.

Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!