Ukraina moliyaviy mustaqilligini yo‘qotgan

Ukraina moliyaviy mustaqilligini yo‘qotgan

Ukraina iqtisodiyotining oylik taqchilligi besh milliard dollarni tashkil etadi, Kiyev fuqarolar oldidagi majburiyatlarini bajara olmayapti va moliyaviy mustaqillikni yo‘qotmoqda, dedi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

"Ukraina - bankrot. Yig‘ilgan soliqlar mamlakat byudjetining atigi 40 foizini tashkil qiladi. Ularning 60 foizdan ortig‘i harbiy xarajatlarga yo‘naltiriladi. Oylik kamomad 5 milliard dollarni tashkil etadi", - deb yozdi siyosatchi Telegram-kanalida.

Volodinning fikricha, Vashington va Bryussel yordamisiz Kiyev fuqarolar oldidagi majburiyatlarini bajara olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!