Ukraina harbiy texnikasining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi

 Ukraina harbiy texnikasining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi

Urush boshlanganidan beri Ukraina armiyasi janglarda bronetexnika va artilleriyasining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi, deb ma’lum qildi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Vladimir Karpenko.

“Biz 50 foizga yaqin texnika yo‘qotdik... Taxminan 1300 ta piyoda jangovar texnikasi, 400 ta tank, 700 ta artilleriya tizimi boy berildi, — dedi Karpenko Amerika Milliy mudofaa jurnaliga Ukrainaning G‘arb qurol-yarog‘iga bo‘lgan ehtiyojini tushuntirib.

Faol jangovar harakatlar olib borilayotgan front chizig‘ining uzunligi ming kilometrga yaqin ekanligini va uni o‘tkazish uchun Ukrainaga har birida yuzlab texnikadan iborat 40 ta brigada zarurligini eslatgan Karpenko, hozirgacha G‘arb yordami atigi 10 ta brigadani qamrab olganini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!