Ukraina armiyasi hujumlarini davom ettirmoqda

Ukraina armiyasi hujumlarini davom ettirmoqda

Kursk viloyatidagi hujumda sobiq mahkumlar ishtirok etmoqda, dedi «Aleks» chaqiruv belgili Ukraina Qurolli kuchlari ofiseri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday jangchilardan tashkil topgan bo‘linmalar o‘zlariga berilgan barcha topshiriqlarni hech qanday izohlarsiz bajaradi va janglarda yaxshi harakat qiladi.

Ulardan ba’zilari logistika yo‘llari orqali olg‘a intilmoqda, boshqalari esa «ta’sir zonasi»ni kengaytirmoqda, deb ta’kidladi manba.

Ukraina harbiylari Rossiyaning Kursk viloyatida Ka-52 vertolyotini urib tushirgan. Ukraina telegram-kanallari xabariga ko‘ra, vertolyot yaqin masofadan ko‘chma zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirilgan.

Bu Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Kursk viloyatidagi hujum paytida urib tushirilgan ikkinchi Ka-52 vertolyotidir.

Shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatida rus qo‘shinlarining tank pistirmasini yo‘q qilgan.

Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, janglar bugun ertalab sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!