Ukraina 20 nafar deputatni sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Ukraina 20 nafar deputatni sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Ukraina Bosh prokuraturasi Rossiya Davlat dumasining 20 nafar deputati mamlakatning «hududiy yaxlitligiga tajovuz qilgani» uchun mol-mulki musodara qilinib, sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar berdi.

«Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligini buzgani uchun Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasining 20 nafar deputatining har biri 15 yil qamoq jazosiga hukm qilindi», deyiladi xabarda. Ularning ismi sharifi keltirilmagan.

Mart oyi boshida Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish uchun ovoz bergan Rossiya Davlat dumasining 41 deputatiga qarshi ish qo‘zg‘atganini ma’lum qilgandi. Fevral oyida UXX Davlat Dumasining yana 55 deputatiga qarshi ayblov e’lon qildi.

23 dekabr kuni Ukrainada Davlat dumasi deputati, qo‘shiqchi Denis Maydanov Rossiya tomonidan Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish uchun ovoz bergani tufayli mol-mulki musodara qilinib, sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!