UYEFA prezidenti Yevro-2024ning to‘rt favoritini aytdi

UYEFA prezidenti Yevro-2024ning to‘rt favoritini aytdi

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevro-2024ning favoritlarini sanadi.

«Ushbu turnirning favoritlari deya – Germaniya, Fransiya, Angliya va Portugaliya milliy jamoalarini ko‘rsatgan bo‘lardim.

Ammo har doim takrorlab kelaman – Ispaniyani ham hisobda chiqarib bo‘lmaydi. Qolaversa, Xorvatiya, Belgiya, Niderlandiya va hattoki Daniyadan ham ko‘p narsa kutish mumkin», - deydi UYEFA prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniya maydonlarida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!