Uchko‘prik tumanida traktor ehtiyot qismlarini sotib olmoqchi bo‘lgan shaxs firibgarga aldandi

Uchko‘prik tumanida traktor ehtiyot qismlarini sotib olmoqchi bo‘lgan shaxs firibgarga aldandi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida fuqaro SH.I IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning iyun oyning oxirlarida noma’lum shaxs o‘zini raqamidan Telegramm tarmog‘i orqali guruhiga «Sovun» nomli traktor ehtiyot qismlarini sotilishi haqida reklama qilganligi sababli ushbu ehtiyot qismlarini sotib olish uchun 1.040.000 so‘m pulni noma’lum shaxsni plastik kartasiga tashlab berib, hozirgi kunga qadar ehtiyot qismlarini ololmayotganligi ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!