Uch davlat Rossiyani COVID-19 vaksinasini ishlab chiquvchilarga qarshi kiberhujumlarda ayblamoqda

Uch davlat Rossiyani COVID-19 vaksinasini ishlab chiquvchilarga qarshi kiberhujumlarda ayblamoqda

Buyuk Britaniya, Kanada hamda AQSh Rossiyani koronavirus vaksinasi bo‘yicha tadqiqot markazlari ma’lumotlarini o‘g‘irlashga uringanlikda ayblashdi,  deb xabar beradi “Foxnews”.

Payshanba kuni Birlashgan Qirollikning Milliy kiberxavfsizlik markazi “Cozy Bear” nomi bilan tanilgan APT29 xakerlar guruhi akademik va farmasevtika ilmiy-tadqiqot institutlariga hujum qilib, COVID-19ga qarshi vaksina bo‘yicha qilingan ishlar natijasini o‘g‘irlashga uringanligini xabar qildi.

"Rossiya maxsus xizmatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotganlarni nishonga olishi mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat", deydi Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

"Boshqalar o‘z manfaatlarini ko‘zlayotgan bir paytda, Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari vaksinani topish va global salomatlikni saqlash bo‘yicha tinimsiz mehnatni davom ettirmoqdalar", deya qo‘shimcha qildi u.

RIA Novostining xabar berishicha, Kreml vakili Dmitriy Peskov Rossiya koronavirus vaksinasini ishlab chiqishda ishtirok etgan tashkilotlarga qilingan xakerlik hujumlariga umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Aprel oyida AQSh kiberxavfsizlik agentligi kiber jinoyatchilar va xakerlar guruhlari COVID-19 bilan bog‘liq tadqiqotlarni nishonga olishayotgani haqida ogohlantirib, uzoqdan ishlaydigan odamlar sonining ko‘payishi xakerlik uchun yangi imkoniyatlar yaratganini ta’kidlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!