"U otib o‘ldirilgan": Farg‘ona chegara postida buxorolik askarning o‘limi «o‘z joniga suiqasd» deb rasmiylashtirildi (video)

A A A
"U otib o‘ldirilgan": Farg‘ona chegara postida buxorolik askarning o‘limi «o‘z joniga suiqasd» deb rasmiylashtirildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentga yo‘llangan «Farg‘ona chegara postida otib o‘ldirilgan marhum askar otasining murojaati» videolavhasi tarqaldi. Unda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi Qirg‘iziston chegarasida tungi qorovullikda bo‘lgan buxorolik oddiy askar Bobur Mirzayevning halok bo‘lgani xususida so‘z borgan. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Boburning otasi Sobir Mirzayev «Daryo»ga Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan o‘g‘lining o‘limi «o‘z joniga suiqasd» deb rasmiylashtirilayotganidan noroziligi va bunga ishonmasligini ma’lum qildi.

Marhum haqida ma’lumot: Bobur Mirzayev 1999 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2018 yilda Buxoro shahridagi 1-sonli akademik liseyni tugatgach, Milliy gvardiya institutiga hujjat topshirgan va yetarli ball to‘play olmagan. Shundan so‘ng harbiy xizmatni o‘tashni ma’qul ko‘rgan. 6 mart kuni Buxoro shahar mudofaa bo‘limi tomonidan harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmat qasamyodini qabul qilgunga qadar Farg‘ona viloyati, Vodil tumanida joylashgan DXX chegara qo‘shinlarining 9229-harbiy qismida o‘tagan. So‘ng Quvasoy shahridagi 9229-harbiy qismning 9-sonli chegara postiga ko‘chirilgan.

9 iyul kuni Buxoro shahar Mudofaa bo‘limidan Sobir Mirzayevga o‘g‘lining o‘z avtomatini o‘qlab turgan vaqtida otilib ketgani va halok bo‘lgani haqidagi noxush xabar yetkazilgan.

10 iyul kuni soat 10:00 da askarning jasadi tobutda keltirilgan. Buxoro shahar Mudofaa ishlari bo‘limi vakillari Bobur Mirzayev o‘zini otib qo‘yganini va uning o‘limi bilan bog‘liq boshqa sabablardan xabardor emasliklarini bildirishgan. Shu kuni soat 13:00 da jasad tuproqqa qo‘yilgan.

«Daryo»ga murojaat qilgan Sobir Mirzayev o‘g‘lining sirli o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangani, tekshiruv natijalari va xulosa hujjatlaridan mutlaqo qanoatlanmaganini bildirdi.

— O‘zim ekspert-vrachman. «O‘z avtomatini o‘qlab turganda bexosdan otilib ketgan» degan iddaoga ishonmayman. Agar o‘q yaqindan otilgan bo‘lsa, qorin atrofini jarohatlab, kuyishni vujudga keltiradi. O‘g‘limning jasadini ko‘rdim. U yaqindan emas, uzoqdan otilgan. Qoringa kirishda kichik iz qoldirgan va bel sohasidan chiqib ketgan. Avtomatdan 1 dona emas, 5 dona, shundan 1 dona paxtavon, 4 dona jangovar o‘q uzilgan. Ko‘p qon yo‘qotgan va o‘lim yuz bergan. Sud-tibbiy ekspertizada ko‘rsatilganidek, birinchi o‘q tirab otilgan bo‘lsa, keyingisini o‘qlashda o‘zida kuch topa oladimi? Ikkinchi o‘q biroz uzoq masofadan otilgan. Xo‘sh, qolgan o‘qlar qanday otilgan? Ballistika to‘liq o‘tkazilmagan.

Holat harbiy qism yonidagi sement zavodi kamerasiga tushib qolgan. Texnika asri davrida sodir bo‘lgan holatni kattalashtirib ko‘rsatishning iloji yo‘q, deya vaj ko‘rsatishdi. Tergovchi yelka qisib, «bu jumboq» deyishdan nariga o‘tmaydi. O‘zbekiston harbiy prokuraturasi o‘z joniga suiqasd qilingan, degan xulosa berib turibdi. Bu noto‘g‘ri, men ishonmayman. Jasadini ko‘rganimda ikki bilagida kuch ishlatilgan dog‘ izlari bor edi. Ekspertizada esa buyam ko‘rsatilmagan, — dedi Sobir Mirzayev.

8 avgust kuni Harbiy prokuratura podpolkovnigi Bahrom Jalolxo‘jayev Sobir Mirzayevga o‘g‘lining o‘limi yuzasidan tergov ishlari tugatilganini ma’lum qilgan.

9 avgust kuni Respublika harbiy prokraturasi tomonidan Sobir Mirzayevga xat kelgan. Unda: «O‘g‘lingiz, 9229-harbiy qism oddiy askari Bobur Mirzayev, 2019- yil 9 iyul kuni chegara naryadini o‘tash vaqtida soat 12:10 larda o‘ziga biriktirilgan «AKM» rusumli o‘qotar quroldan o‘zining qorin sohasiga 1 dona 7,62 mm.li paxtavon va 4 dona 7,62 mm.li jangovar o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilgan. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Bobur Mirzayevga nisbatan harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish bilan bog‘liq, ya’ni unga rahmsiz muomala qilish yoki harakatlar sodir etilmaganligi, uning hayotiga biror-bir shaxs tomonidan tajovuz qilinmaganligini inobatga olib, uning o‘z joniga qasd qilib, vafot etganligi holatida biror-bir shaxs harakatida O‘zRJKning 103-moddasi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlar tarkibi bo‘lmaganligi sababli, 2019 yil 7 avgust kuni holat yuzasidan O‘zRJPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», — deya bayon qilingan.

Farg‘ona viloyati harbiy prokurori, podpolkovnik Sherzod Saidov tomonidan esa Sobir Mirzayevga sodir etilgan holat yuzasidan Farg‘onaga kelishi foydasizligi bildirilgan.

— O‘g‘lim 9-sonli chegara postida turgan vaqtida soat 12:10 larda otishma bo‘lgan. Hayal o‘tmay, uning qo‘lidagi rasiyasiga chiqishgan. Javob bermagach, o‘g‘limni 20 daqiqalarcha qidirishgan. Avvaliga qirg‘izlar otib, o‘zi bilan olib ketgan, degan o‘yga ham borishganini yashirishmadi. Keyin Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi chuqurlikdan, ya’ni okopdan o‘g‘limning jasadi topilgan. Okop yuqorisidan qon izlari, atrofdan esa gilzalar topilgan. Adolat qaror topib, aybdor javobgarlikka tortilishi kerak. Yo‘qsa, odamlar farzandlarini harbiy xizmatga bermay qo‘yishadi, — deydi Sobir Mirzayev.

«Haqiqat maskani» advokatlik byurosi advokati Amrillo Ahmedov ish hujjatlari bilan tanishgandan so‘ng Bobur Mirzayevning aynan o‘z joniga qasd qilmagani, balki otib o‘ldirilgani haqidagi xulosaga kelganini aytadi. Uning bildirishicha, Respublika harbiy prokuraturasi 15-bo‘lim boshlig‘i Qobil Annaboyev «Harbiy sir, material Farg‘onaga jo‘natiladi, o‘sha yerga qatnab o‘rganasizlar, ular nima desa shu!» degan po‘pisa bilan ishga oid hech qanday hujjat taqdim etmagan. Iltimosnomalar qabul qilinmagan.

— Boburning o‘limida «O‘z joniga suiqasd» degan vaj ko‘rsatilyapti. Noto‘g‘ri. Bir o‘q qorindan kirib, narigi tomondan chiqib ketgan. Yonida 4 dona gilza turibdi, ular qayerdan paydo bo‘layapti? Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 4 ta gilza ham bitta avtomatdan otilgan. Bu mutlaqo mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish holati, shuningdek, bayonnoma sifatsiz tuzilgan, tergov ham yuzaki o‘tkazilgan. Xulosada qon izlari aynan qayerdan topilgani ko‘rsatilmagan. Jasad okopdan topilgan ekan, voqea joyi chizmalanib, eksperiment qilinishi shart edi. Afsuski, bu ham bajarilmagan.

Achinarlisi, avtomatda hech qanday barmoq izlari yo‘q, bu esa o‘z-o‘zidan barmoq izlari o‘chirib yuborilganini anglatadi. Quyosh izlarni yo‘qotgan, degan ko‘rsatma berilgan. Quyosh nurida izlar yo‘qolishi mumkin emas, tog‘ orti quyosh nurlari esa deyarli ta’sir o‘tkazmaydi. Soat 12:10 da holat sodir bo‘lgan bo‘lsa, bir soat ichida izlar yo‘qolmaydi. Askar o‘zini o‘zi otgan bo‘lsa, qani barmoq izlari? Holatni qaytadan o‘rganish va qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun xat va iltimosnomalar kiritdik. Nihoyat, og‘ir urinishlardan so‘ng 20 avgustda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish bo‘yicha Farg‘ona viloyat prokuraturasi tergovchisining qarori bekor qilindi,— deydi A. Ahmedov.

Sobir Mirzayev va uning advokatiga marhum o‘g‘li bilan bir safda xizmat qilgan askarlar bilan suhbatlashish imkoni berilgan. Ular bilan suhbatda askarlar «Bizga Bobur Mirzayev o‘zini otgan, deb aytildi, ammo biz bunga umuman ishonmaymiz» deyishgan. Manbaga ko‘ra, shu kuni navbatda turgan askarlardan biri bitta, ikkinchisi ikkita avtomat o‘qining ovozini eshitganini aytgan. Aslida askar tanasidan beshta o‘q topilgan.

— Respublika harbiy prokuraturasiga Bobur Mirzayevning otasi va uning himoyachisi bir necha marotaba kelgan hamda ular rahbariyat tomonidan qabul qilingan. Qabul jarayonida barcha vajlari tekshirib ko‘rilishi aytilgan. Hozirgi vaqtda Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo‘yicha menda hozir aniq ma’lumotlar yo‘q. Bu bo‘yicha Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan ish olib borilyapti, — dedi «Daryo» muxbiriga Respublika Harbiy prokuraturasi matbuot xizmati vakili Shohruh Muhammadjonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron urushni tugatish uchun AQShga ultimatum qo‘ydi

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри манбага таяниб хабар берди.

Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlanganini e’lon qildi

Аввалроқ Украина президенти Владимир Зеленский кенг кўламли ҳужум хавфи ҳақида огоҳлантирган эди.

Eron AQSh bazalariga qilingan hujumlarda birinchi marta "Zulfiqor" raketasidan foydalanganini e’lon qildi

Бу ҳақда Mehr нашри ИИҚК баёнотига таяниб хабар тарқатди.

AQSh Eron rahbarligi uchun asosiy nomzodni ma’lum qildi

Нашр суҳбатдошлари қайд этишича, ҳозирча Ғолибаф бўйича ҳеч қандай қарор қабул қилинмаган.

KXDRning “eng ashaddiy dushmani” kim?

Бу ҳақда Корея Марказий ахборот агентлиги хабар берди.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.

Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg «gashish» fosh qilindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ушбу катта миқдордаги гиёҳвандлик воситалари Россия Федерациясига олиб кетилаётган бўлган.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

Izmirda 4-qavatdan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Жасад 2026 йилнинг 23 март куни “Истанбул-Андижон” рейси орқали Ўзбекистонга юборилди.

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Ҳолат юзасидан Сирдарё вилоят прокуратураси томонидан мазкур МИБ давлат ижорчиларига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.