Twitter 150 mln dollar jarimaga tortildi

Twitter 150 mln dollar jarimaga tortildi

Twitter 150 million dollar jarima to‘laydi va o‘zining ijtimoiy platformasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha yangi choralarni joriy qiladi, deya xabar beradi ABC News.

AQSh Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, Twitter Federal Savdo Komissiyasining (FTC) 2011 yildagi buyrug‘ini buzgan, natijada olti yil davomida jiddiy qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan.

Misol uchun, 2013 yilning mayidan 2019 yilning sentyabrigacha Twitter foydalanuvchilarga ularning akkauntlarini himoya qilish uchun ularning telefon raqamlari va elektron pochta manzillarini yig‘ayotgani haqida xabar bergan.

Biroq, dunyo bo‘ylab 229 million foydalanuvchisidan olingan shaxsiy ma’lumotlar ularga onlayn reklama yuborish uchun ishlatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!