Twitch asoschisi va bosh direktori ishdan ketdi

Twitch asoschisi va bosh direktori ishdan ketdi

Twitch asoschisi va bosh direktori Emmet Shir 16 yildan keyin kompaniyani tark etdi. Bu haqda Shirning o‘zi Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

«2006-yil oktyabr oyida biz Internetda jonli efirni yo‘lga qo‘yish loyihasi ustida ish boshladik. Ushbu loyiha Twitch xizmatiga aylandi.

16 yil o‘tdi, men ota bo‘ldim va hayotimning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyorman », dedi Shir. Shuningdek, Twitch'ni rivojlantirishga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Kompaniyaning bosh direktori endi uning prezidenti Den Klensi bo‘ladi.

Twitch – bu amerikalik video striming xizmati bo‘lib, u e-sport turnirlari va video o‘yinlar bo‘yicha treninglarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Rivojlanishning birinchi bosqichida u 2011 yilda ajralib chiqqan Justin.tv platformasining bir qismi edi. Uch yil o‘tgach, u Amazon elektron tijorat giganti tomonidan taxminan 970 million dollarga sotib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!