Tuxel "Real"da Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin

Tuxel "Real"da Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin

"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real Madrid"ning Karlo Anchelottiga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi, deb xabar beradi BILD.

Manbaga ko‘ra, 49 yoshli germaniyalik mutaxassis allaqachon ispan tilini o‘rganishni boshlagan.

Tuxelning so‘nggi klubi "Chelsi" bo‘lib, u o‘tgan yilning sentyabrida tark etgandi. Bungacha u "PSJ", Dortmundning "Borussiya" va "Mayns" klublarini boshqargan.

Avvalroq, agar jamoa joriy mavsumda birorta ham sovrin yutmasa, "Real" Anchelottini iste’foga chiqarishi xabar qilingandi. 25-turdan keyin madridliklar Ispaniya La Ligasida “Barselona”dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!