"Tushunarsiz": Jeenbekovning oxirgi farmoni ma’lum bo‘ldi

"Tushunarsiz": Jeenbekovning oxirgi farmoni ma’lum bo‘ldi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqmasdan oldin respublikaning Rossiyadagi elchisi Alikbek Jekshenqulovni ishdan bo‘shatdi. Farmon yashirin holda qabul qilindi va diplomat uchun kutilmagan bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

Jekshenqulov agentlikka aytishicha, ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlardan bilib qolgan va ajablangan. Bu qaror 14 oktyabr kuni, prezident iste’foga chiqishini e’lon qilish arafasida imzolangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 oktyabr kuni e’lon qilingan farmonda respublikaning Rossiyadagi vakili ishonchni yo‘qotganligi sababli lavozimidan bo‘shatilganligi ta’kidlangan. Jakshenqulov esa hamon bu farmonning sababini tushunmayapti. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!