To‘rtko‘ldagi avtohalokatda ikki nafar yosh qiz vafot etdi

To‘rtko‘ldagi avtohalokatda ikki nafar yosh qiz vafot etdi

21 avgust soat 03:30larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 24 yoshli F.K. o‘zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoshli A.B. boshqaruvidagi “Nexia”rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV xabar berdi.

Natijada “Cobalt” avtomashinasi haydovchisi F.K., yo‘lovchisi, Xorazm viloyatida yashagan 20 yoshli S.N. ismli ayol, “Nexia” avtomashinasi yo‘lovchilari, Xorazm viloyatida yashagan, 18 yoshli M.Q. ismli qiz va Xorazm viloyatida yashovchi 27 yoshli M.M.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay S.N. va M.Q.lar shu yerda vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!