Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi

Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyidagi «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi. Prezident farmonida jinoyat sodir etgani uchun sudlangan, biroq qilmishidan pushaymon bo‘lib, chin dildan tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolar ozodlikka chiqarilishi aytilgan.

Shahar va tuman hokimliklari rahbarlariga afv etilgan Turkmaniston fuqarolarini ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Serdar Berdimuhamedov tez orada qamoqxonani tark etuvchi fuqarolarga «vijdonan mehnat qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarda ishtirok etish, Vatanga sidqidildan xizmat qilish, o‘z mehnati samarasidan bahramand bo‘lib yashashni» tiladi.

Qayd qilinishicha, shu tariqa, so‘nggi bir necha yil ichida respublikaning 20 mingdan ortiq muqaddam sudlangan fuqarolari ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!