Turkmaniston bilan do‘stona munosabatlarimizga qarshi bo‘lganlar bor - Eron

Turkmaniston bilan do‘stona munosabatlarimizga qarshi bo‘lganlar bor - Eron

Eron yetakchisi Ali Xomanaiy o‘z mamlakati va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga qarshi bo‘lganlar borligini, ammo bu to‘siqlarga qaramay, engib o‘tish kerakligini aytdi.

Eronning yarim rasmiy Mehr agentligi xabariga ko‘ra, Xomanaiy rasmiy tashrif bilan Tehronda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Eron Prezidenti Ibrohim Raisi ham ishtirok etdi.

Eron-Turkmaniston munosabatlarining rivojlanishining har ikki davlat uchun ham foydali ekanini qayd etgan Xomanaiy “Eron qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarini yaxshilashni istaydi va bu to‘g‘ri siyosatdir” dedi.

Xomanaiy, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish har ikki davlatning qat’iyatiga bog‘liqligini bildirdi. “Albatta, Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga mintaqaviy va jahon miqyosida qarshi chiqqanlar ham bor, lekin bularning barchasiga qaramay to‘siqlarni yengib o‘tish kerak”, deya ta’kidladi u.

Turkmaniston prezidenti Berdimuhammedov ham qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilash o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini e’tirof etib, shunday dedi:

– Bugun imzolangan kelishuvlar doirasida turli sohalarda, xususan, tabiiy gaz, elektr energiyasi va tranzit bo‘yicha o‘zaro yaxshi aloqalar yanada kengayib, ayni paytda yirik loyihalar amalga oshishini istaymiz.

Tehrondagi uchrashuvidan so‘ng Turkmaniston prezidenti va Eron rahbari tomonidan ikki davlat o‘rtasida 9 ta kelishuv, mamlakatlar hamkorlik bayonnomasi va kelishuv memorandumi imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!