Turkiyaning sobiq prezidentligiga nomzod Ogan Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilmoqchi

“Ata” alyansidan Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Turkiyaning amaldagi yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilmoqchi.
Bu haqda Hürriyet gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
“Menga yetgan ma’lumotlarga ko‘ra, Sinan Ogan saylovning ikkinchi bosqichida Prezident Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlashini bugun e’lon qiladi”, — deyiladi nashr.
Qayd etilishicha, Ogan muxolifat nomzodi Kemal Kilichdarog‘luni qo‘llab-quvvatlash niyatida emas, chunki u "terror tashkilotlarini himoya qiladi".
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)