Turkiyaning Antaliya shahrida zilzila ro‘y berdi

Turkiyaning Antaliya shahrida zilzila ro‘y berdi

Chorshanba kuni Turkiyaning Antaliya shahri yaqinida 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi O‘rta yer dengizining 41 km chuqurligida joylashgan. Bu TASS agentligi xabar bermoqda.

Erosti silkinishlari Mug‘la viloyatining Antaliya, Fethiye va boshqa shaharlarida ham sezilgan.

Ayni paytda hech qanday vayronagarchilik haqida ma’lumot yoki aholidan favqulodda vaziyatlar haqida bayonotlar kelib tushmagan. Mahalliy hokimiyat organlari vaziyatni baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!