Turkiyada zilzila qurbonlari soni 48 mingdan oshdi

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 48 mingdan oshdi

Turkiya vise-prezidenti Fuat Oktay Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) markazida matbuot anjumani o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Qahramanmarashda 48 448 kishi halok bo‘lgan, deya xabar beradi Anadolu agentligi.

Vise-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, halokat sodir bo‘lgan hududlarda hamon 3 mingdan ortiq qutqaruvchilar ishlamoqda.

Tabiiy ofat hududida 1 million 805 ming 842 ta bino ko‘zdan kechirilib, 653 ming turar joy xavfli va o‘rtacha shikastlangan deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!