Turkiyada yer silkinishi 9 daqiqa davom etgani ma’lum qilindi

Turkiyada yer silkinishi 9 daqiqa davom etgani ma’lum qilindi

Bugun Turkiyada sodir etilgan zilzilaning markazi Qahramonmarashda bo‘lgan. Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi huzuridagi respublika seysmologik markazi bosh direktori Gurban Yetirmishli qo‘shni davlatdagi tabiiy ofat haqida o‘z mulohazalari bilan “Trend” agentligi bilan o‘rtoqlashgan.

Uning ta’kidlashicha, zilzila Murodli hududidan boshlanib, Islomiya degan joygacha davom etgan, hammasi bo‘lib to‘qqiz daqiqa davomida yer silkinib turgan. Zilzila 8-15 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

“Shuning uchun ham 1760 ta bino qulab tushgan”.

Etirmishli Turkiyadagi zilzila sun’iy ravishda yuzaga kelgan taxminlarni rad etdi.

Mutaxassis “zilzila yer tubidagi jarayonlar natijasida sodir bo‘ladi. Har kim xohlaganini gapirishi mumkin. Ammo bu sun’iy ravishda tashkil etilgan portlash emas, balki chuqurlikda toshlarning harakati natijasida sodir bo‘ladigan jarayon” ekanini qayd etdi.

Markaz bosh direktori Baku qurilish kompaniyalari ilgarilari bunyodkorlik ishlari boshlamasdan avval joyning seysmologik xaritasi bilan tanishib chiqar edi. 2019 yildan beri bunday murojaatlar qilinmaydi, dedi afsus bilan.

Uning ta’kidlashicha, Bokuda ikkita bino yonma-yon turgan bo‘lsa, ulardan biri 8 ball, ikkinchisi 9 ballgacha bo‘ladigan zilzilaga chidamli.

“Chiroyli bino bunyod etishdan avval rayonning seysmologik faolligini o‘rganish kerak”, deb qayd etdi Gurban Yetirmishli.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!