Turkiya va Ozarbayjon bir qator masalalarda birgalikda harakat qiladi
Bugun Istanbulda Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Eron va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Haber Global nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Fidan uchrashuvda turli mintaqaviy masalalar muhokama qilinishini ta’kidladi. Uchrashuvga Gruziya ham taklif qilingan, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, "ular ishtirok eta olmaydi".
Vazir Turkiya va Ozarbayjon bir millat, ikki davlat ekanligini, bir qator masalalarda bir butun sifatida harakat qilishini ta’kidladi: "Ba’zi masalalarda ikki davlat birdek harakat qiladi". Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik ayniqsa, iqtisodiyot, tashqi siyosat, strategik masalalar kabi sohalarda yaqin ekanini ta’kidladi.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik mintaqaga katta foyda keltirishini ta’kidlab, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bu boradagi pozisiyasi hammaga ma’lum ekanini eslatdi.