Evropa Ittifoqi Turkiya orqali Suriya aholisiga gumanitar yordam yetkazilishiga yordam beradigan havo ko‘prigini ishga tushirmoqda. Yevropa Ittifoqining Dubaydagi omborlaridan 50 tonnalik tibbiy buyumlarning birinchi partiyasi Turkiyaning Adana shahriga yetkaziladi, ular yaqin kunlarda Suriyaga tarqatiladi, deb xabar qildi Yevropa komissiyasi 13 dekabr, juma kuni.
Yana 46 tonna gumanitar yordam yuk mashinasida Daniyadan Adanaga olib ketiladi va Suriyada tarqatish uchun YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimlariga topshiriladi. Yetkazib berishlar oziq-ovqat, dori-darmon va vaqtinchalik uy-joy uchun materiallarni oʼz ichiga oladi, dedi Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen. Uning so‘zlariga ko‘ra, 17 dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda gumanitar yordam masalalarini muhokama qiladi.
Bu Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin Suriyaga YEI tomonidan ko‘rsatilayotgan ilk insonparvarlik yordamidir. 2024 yil oxirigacha Yevropaning Suriyaga insonparvarlik yordami hajmi 163 million yevroni tashkil qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоанинг янги аъзоси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрини билдирди.
Россия президенти Владимир Путин мамлакат Украина можароси бўйича музокараларга тайёр эканини айтди. Президент Украина расмийларининг ўзлари Россия билан музокара олиб боришни тақиқлаганини эслатди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Давосдаги Жаҳон иқтисодий форумидаги нутқида Қўшма Штатларни саноат ишлаб чиқариши, сунъий интеллект ва криптовалюталар каби соҳаларда етакчига айлантириш ниятида эканлигини маълум қилди.