Turkiya tashqi ishlar vaziri BMT Oliy komissari bilan qochqinlar muammosini muhokama qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi bilan qochqinlar muammosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashni muhokama qildi.
“Andalou” nashri xabariga ko‘ra, Grandi 14 sentyabr kuni Turkiyaga uch kunlik tashrif bilan kelgan va uning davomida respublika rahbariyatining yuqori martabali vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Fidan bilan uchrashuvda Grandi bilan bir qatorda BMTning Anqaradagi missiyasi rahbarlari ham ishtirok etdi, Turkiya tomonidan vazir bilan birga qochqinlar masalalari Tashqi ishlar vazirligining tegishli idoralari rahbarlari tomonidan muhokama qilindi.
Turkiya o‘z hududida istiqomat qilayotgan suriyalik qochqinlarni bosqichma-bosqich o‘z vatanlariga qaytarish choralarini ko‘rmoqda. Suriyadagi inqiroz boshlanganidan beri Turkiyaga jami 3,5 milliondan ortiq suriyalik kelgan. Ularning bir qismi allaqachon Suriyaning shimoliy hududlariga ko‘chib o‘tgan.
Bundan tashqari, O‘rtayer dengizida noqonuniy migrasiya masalasi ham dolzarbligicha qolmoqda. Turkiya xalqaro hamjamiyatni ushbu muammoni hal qilish uchun yanada jadalroq choralar ko‘rishga chaqiradi.