Turkiya Shvesiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish talablarini bajarishiga umid qilmoqda

Turkiya Shvesiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish talablarini bajarishiga umid qilmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, Anqara Turkiya rasmiylariga berilgan barcha va’dalar bajarilmaguncha Shvesiya va Finlyandiyani Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shish masalasida o‘zining prinsipial pozisiyasiga amal qilish niyatida.

“Andalou”ning prezidentga tayanib xabar berishicha, Anqaraga berilgan va’dalar bajarilmaguncha, Turkiya Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligi masalasida prinsipial va qat’iy pozisiyaga amal qiladi.

Avgust oyida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Shvesiya va Finlyandiya Anqara tomonidan ilgari surilgan, bu davlatlar NATOga a’zo bo‘lishlari uchun zarur bo‘lgan talablarni bajarmayapti, degan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!