Turkiya Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini qo‘llamaydi

Turkiya Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini qo‘llamaydi

Bu haqida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez ma’lumot berdi.

“Turkiyaga kelsak, biz boshidanoq (Rossiyaga qarshi) sanksiyalarga asoslangan qarorlarga amal qilmasligimizni aytdik. Rossiya bilan amaldagi shartnomamiz bor (gaz yetkazib berish bo‘yicha).

Shuningdek, Ozarbayjon va Eron bilan ham amaldagi shartnoma mavjud. Biz ular bilan aloqadamiz. Agar kerak bo‘lsa, yetkazib berish hajmini oshirishimiz mumkin”, – deya uning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi fonida ko‘plab G‘arb davlatlari allaqachon Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Bir qator mahalliy banklar SWIFT tizimidan uzildi. Visa va Mastercard chet elda Rossiya bank kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Qator jahon kompaniyalari Rossiya bozoridan chiqishlarini e’lon qildi. Bir nechta davlatlar G‘arbni Rossiya yoqilg‘isi, jumladan, tabiiy gazdan voz kechishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!