Turkiya Qozog‘istonning eng yirik beshta savdo hamkorlaridan biri

Turkiya Qozog‘istonning eng yirik beshta savdo hamkorlaridan biri

Bu haqda Toqayev Anqarada Erdo‘g‘an bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi.

O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 33 foizga oshib, 6,3 milliard dollarga yetdi.Toqayev turk investorlarining Qozog‘istondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Tomonlar Transkaspiy xalqaro transport yo‘lining muhim rolini qayd etdilar.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish zarur.

Toqayev halokatli zilzila munosabati bilan Turkiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Erdo‘g‘an mana shu og‘ir damda birinchi bo‘lib telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan dunyo yetakchilaridan biri bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!