Turkiya elchisi Nodira Qodirova ishi bo‘yicha vaziyatni O‘zbekiston vakiliga tushuntirdi

Turkiya elchisi Nodira Qodirova ishi bo‘yicha vaziyatni O‘zbekiston vakiliga tushuntirdi

8 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayyani joriy yil 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish uchun taklif qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan va hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini qayd etgan.

Elchi tergov ob’ektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!