Tramp yaqinlashib kelayotgan bo‘ron tufayli Uilmingtondagi saylovoldi tashviqotini bekor qildi

Tramp yaqinlashib kelayotgan bo‘ron tufayli Uilmingtondagi saylovoldi tashviqotini bekor qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 20 aprel, shanba kuni Amerikaning Shimoliy Karolina shtati Uilmington shahrida o‘tkazilayotgan saylovoldi tashviqoti mitingini bekor qildi. U shunday qarorga bo‘ron yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan kelgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning tarafdorlari xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi, deb yozadi “TASS”.

“Bu eng muhimi. Bizni momaqaldiroq, chaqmoq va juda jiddiy bo‘ron kutayotganga o‘xshaydi. Men juda afsusdaman. Lekin biz buni albatta qilamiz. Biz buni yaxshiroq va keng miqyosda qilamiz”, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!