Tramp Rim Papasidan uzr so‘rash niyatida emas
AQSh prezidenti Donald Tramp Ram Papasi Lev XIVdan uzr so‘rash niyatida emasligini aytdi.
Bu haqda Tramp jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Papa "noto‘g‘ri gaplar" aytgan va Amerika rahbarining Eronga nisbatan qilayotgan ishlariga qat’iyan qarshi bo‘lgan.
"Menimcha, Rim Papasi jinoyatchilik va boshqa masalalarda juda zaif. Shuning uchun men unday emasman. Ya’ni, u jamoat arbobiga aylandi. Men shunchaki Lev XIVga javob beryapman. Va, bilasizmi, uning ukasi mashhur jurnalist va u ajoyib yigit, Lyuis. Va men Lyuisni Papadan ko‘ra ko‘proq yoqtirishimni aytdim", dedi Tramp.
Bundan tashqari, Amerika rahbari ilgari Truth Socialda chop etgan bahsli rasmning olib tashlanishiga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, unda prezident Iso Masihni eslatuvchi shaxs sifatida emas, balki "odamlarni yaxshilaydigan" shifokor sifatida tasvirlangan. Tramp shuningdek, ommaviy axborot vositalarini bu talqinni o‘zlari "o‘ylab topishda" aybladi.
