O‘zbekiston texnologik metallar kombinati yoshlar siyosati va ekologik tashabbuslarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati yoshlar siyosati va ekologik tashabbuslarni kengaytirmoqda

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekologiya, yashil hududlarni kengaytirish va yoshlar siyosati davlat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatda nafaqat iqtisodiy o‘sishni, balki barqaror va muvozanatli rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan yagona tizimni shakllantirmoqda. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) ham o‘z faoliyatida inson kapitalini rivojlantirish, innovasiyalarni rag‘batlantirish va ekologik mas’uliyatni kuchaytirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Xususan, TMK tomonidan tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ushbu yondashuvning amaliy ifodasiga aylandi. Tadbir doirasida kombinat tasarrufidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida faoliyat yuritayotgan 50 nafar iqtidorli yosh mutaxassislar bilan rahbariyat o‘rtasida bevosita va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Bugungi kunda TMK tizimida yoshlar umumiy ishchi-xodimlarning qariyb 30 foizini tashkil etayotgani, ularning kombinat rivojidagi roli tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. Uchrashuv davomida kombinatda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xalqaro hamkorliklar hamda innovasion rivojlanish strategiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiya qilish jarayonida yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj alohida ta’kidlandi.
Eng muhimi, muloqot bir tomonlama emas, balki konstruktiv dialog shaklida o‘tdi. Yosh mutaxassislar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ilmiy yondashuvni kuchaytirish va xalqaro tajribani kengroq tatbiq etishga qaratilgan aniq amaliy takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlangani esa TMKDA “g‘oya-tashabbus-natija” zanjiri real ishlayotganini ko‘rsatadi.
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, R&D Park loyihasi doirasida yoshlarning innovasion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, ularni tijoratlashtirish va real loyihalarga aylantirish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, AQShning top universitetidan biri Massachusetts Institute of Technology bilan hamkorlik doirasida yosh mutaxassislar Horizon dasturlarida ishtirok etib, xalqaro darajadagi nufuzli sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, kombinatning ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi esa yoshlarga xalqaro tajriba orttirish, amaliyot o‘tash, dual ta’lim olish imkonini bermoqda”, – deydi TMK Boshqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovasiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov.


TMK faoliyatida ekologiya masalalari alohida strategik yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Kombinat tomonidan yashil energetikani rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. “Yashil makon” loyihasi doirasida o‘tkazilgan daraxt ekish aksiyasi esa ushbu siyosatning amaliy ifodasiga aylandi. Tadbirda rahbariyat va yoshlar birgalikda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekib, ishlab chiqarish hududlarida ekologik muvozanatni mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
Bu model bugungi kunda nafaqat korporativ boshqaruvning samarali yechimi, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati va barqaror rivojlanish strategiyasining amaliy ifodasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Bo‘g‘ozni yopgandan ko‘ra Eronga boj to‘lagan afzal

Ҳормуз бўғозини бутунлай ёпишдан кўра, кемалар учун божлар жорий қилиш мақбул, деди Франциянинг энг йирик нефт компанияси Total бош директори Le Figaro газетасига.

AQSh qamaliga qaramay, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali 20 dan ortiq kema o‘tib ketdi

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри ёзмоқда.

Evropa 44 kunda 22 milliard yo‘qotdi – Lyayen

Еврокомиссияси раҳбари айтишига кўра, Яқин Шарқдаги вазият туфайли сўнгги олти ҳафта ичида ЕИнинг энергия импорти учун тўловлари кескин ошган.

Kreml Putin reytingining pasayishidan xavotirda

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Bloomberg'нинг ушбу хабарга изоҳ бериш борасидаги сўровига жавоб бермади.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.

G‘azo qayta tiklanadimi yoki u yerda yangi, yanada yirikroq harbiy amaliyotlar boshlanadimi?

Трампнинг “тинчлик режаси” 1 млрд доллар ҳам йиға олмади.

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Нигериядаги бозорга ҳужум оқибатида 200 киши ҳалок бўлди.

Akmal Shukurov ishi: Qamalgan sobiq sudyalar garov evaziga ozodlikka chiqdi

Ўз навбатида, Тошкент шаҳар суди раисининг собиқ ўринбосари Муроджон Мирзажоновга нисбатан қўлланилган қамоқ эҳтиёт чораси узайтирилган.

DXX qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektorni qo‘lga oldi

Хусусан, у Тошкент шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарога тегишли 7 турдаги, жами 187 дона қадоқда бўлган минерал ўғит маҳсулотларини “Навоий” чегара божхона пости орқали ўтказиб берганлиги эвазига 20 млн сўм талаб қилган.

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Йўловчининг қўл юки ва багажи кўздан кечирилганда, турли қадоқлар ичига яширилган 12 та полиэтилен ўрам аниқланган.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy bahslar bir necha kilometr bilan cheklangan

Дмитрий Песковнинг айтишича, Россия ва Украина ўртасидаги ҳудудий келишмовчиликлар “атиги бир неча километр” доирасида жамланган.