AQSh Eronga hujum qarori uchun tovon to‘lamoqda
AQSh armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis fikricha, Vashington Eronga qarshi hujum oqibatlarini endi his qilmoqda.
U bu haqda Xda yozib, AQSh hozir noqulay vaziyatga tushib qolganini ta’kidladi.
Devisning so‘zlariga ko‘ra, Eron avval mintaqaviy ta’sirga ega nisbatan zaif kuch bo‘lgan, ammo hozir strategik jihatdan kuchayib, hatto Isroildan ham ustun pozisiyaga chiqmoqda.
«Forslar kabi xalqni faqat bombalar bilan yengib bo‘lmaydi. Endi biz noto‘g‘ri tanlovimiz uchun haq to‘lyapmiz», — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh oldida ikki yo‘l bor: yoki mag‘lubiyatni tan olish va Tehron talablarini qabul qilish, yoki yanada ko‘proq harbiy kuch ishlatib vaziyatni o‘zgartirishga urinish.
«Ammo achchiq haqiqat shuki, hech qanday kuch natijani o‘zgartira olmaydi. Bunday urinishlar faqat yakuniy xarajatni oshiradi», — deya xulosa qildi Devis.
