ECHL: «PSJ» «Enfild»da ishonchli g‘alabaga erishib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (VIDEO)
«PSJ» Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida safarda «Liverpul» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida Usmon Dembele dubl qayd etdi. «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi 72-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunida parijliklarning ustunligini mustahkamlovchi ikkinchi golni ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
«PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra zafar quchib, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi. U yerda Luis Enrike shogirdlari «Real» — «Bavariya» (birinchi o‘yin — 1:2) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
«LIVERPUL» — PSJ — 0:2
(Birinchi o‘yin — 0:2, umumiy hisob — 0:4)
Gollar: Usmon Dembele 72’ (0:1), Usmon Dembele 90’ (0:2).
«Liverpul»: Georgiy Mamardashvili, Milosh Kerkez, Virjil van Deyk, Ibraima Konate, Jeremi Frimpong (Djo Gomes, 46, Rio Ngumoxa, 67), Dominik Soboslai, Rayan Gravenberx, Florian Virs, Aleksis Makallister (Kyortis Djons, 74), Ugo Ekitike (Muhammad Saloh, 31), Aleksandr Isak (Kodi Gakpo, 46).
PSJ: Matvey Safonov, Nunu Mendesh (Lyuka Ernandez, 38), Vilyam Pacho, Markinyos, Ashraf Hakimiy, Uorren Zair-Emeri (Lukas Beraldo, 82), Vitinya, Joau Nevesh, Xvicha Kvarasxeliya, Usmon Dembele, Dezire Due (Bredli Barkolya, 52).
Ogohlantirishlar: Aleksis Makallister (45), Ibraima Konate (85).
