Sloveniya NATOdan chiqmoqchi

Sloveniya NATOdan chiqmoqchi

Mamlakat ittifoqdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi, deb e’lon qildi yangi parlament spikeri va yevroskeptik “Pravda” partiyasi yetakchisi Zoran Stevanovich.

Stevanovichning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat boshqalarning harbiy va diplomatik mojarolariga aralashishdan saqlanishi kerak.

“Biz boshqa odamlarning harbiy va diplomatik mojarolariga aralashishga qat’iy qarshimiz, chunki bu hech qachon Sloveniyaga foyda keltirmaydi. Shu bilan birga, aytishim kerakki, biz xalqqa NATOdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qilgan edik va uni o‘tkazamiz”, dedi u.

Stevanovich "dunyoning barcha mamlakatlari, ayniqsa, buyuk davlatlar bilan" hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi, biroq bu hech qachon bo‘ysunishni anglatmasligi kerakligini qo‘shimcha qildi. "Hamma bilan yaxshi munosabatlar, lekin Sloveniya manfaatlari yo‘lida," - dedi u.

Partiya NATOdan chiqish bo‘yicha referendumni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo Yevropa Ittifoqidan (EI) chiqish ijobiy bo‘lmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

Buqa 300 ming dollarga sotildi

Австралиядаги кимошди савдосида ангус зотли буқа мамлакат учун рекорд нарх — 420 минг австралия до