Tramp Orban bilan uchrashdi

Tramp Orban bilan uchrashdi

AQShning sobiq Prezidenti Donald Tramp Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi. Amerika sobiq rahbarining o‘zi tarqatgan xabarda, jumladan, shunday so‘zlar bor:

- Do‘stim Orban bilan vaqtni ajoyib o‘tkazdik. Biz ko‘plab mavzularni muhokama qildik. Bosh vazirning aprel oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovidagi g‘alabasini inshonladik.

Tramp va Orban uchrashuvi Bedminster (Nyu-Jersi shtati)da bo‘lib o‘tgan.

Tramp parlament saylovida Orbanni qo‘llab-quvvatlagan. Vengriya Bosh vaziri ham, o‘z navbatida, 2020 yil AQSh prezidenti saylovida Tramni ochiq qo‘llagani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!