Tramp: "Federal kuchlar Demokratik shaharlarga norozilik namoyishlarini bostirishda yordam berishni to‘xtatadi"
AQSh prezidenti Donald Tramp federal huquqni muhofaza qilish organlari AQSh prezidentiga qarshi bo‘lgan Demokratik partiya tomonidan boshqariladigan shaharlardagi hokimiyat organlariga ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklarga qarshi kurashishda yordam berishni to‘xtatishini e’lon qildi.
Tramp ushbu bayonotni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi e’lon qildi.
"Men Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemga hech qanday holatda ham, ular bizdan yordam so‘ramaguncha, norozilik namoyishlari yoki tartibsizliklar bilan bog‘liq turli yomon boshqariladigan demokratik shaharlarda [huquqni muhofaza qilish operasiyalari] bilan shug‘ullanmasligimizni ko‘rsatma berdim", deb yozgan u.
U mahalliy hokimiyat organlari federal mulk xavfsizligini ta’minlashi kerakligini ta’kidladi, chunki bu ularning bevosita vazifasi. "Biz (federal hukumat kuchlari) federal mulkni faqat qo‘shimcha kuch sifatida himoya qilish uchun boramiz, chunki bu mahalliy hokimiyat organlari va shtatning vazifasidir", deb ta’kidladi Amerika yetakchisi.
"Agar mahalliy hokimiyat organlari tartibsizliklar, qo‘zg‘olonchilar va anarxistlar bilan kurasha olmasa, biz darhol bunday yordam kerak bo‘lgan joyga boramiz va vaziyatni juda oson va uslubiy ravishda hal qilamiz, xuddi bir yil oldin Los-Anjelesdagi tartibsizliklar paytida qilganimiz kabi", deb yozgan AQSh prezidenti. "Shunday qilib, shikoyat qilayotgan barcha mahalliy hokimiyat organlari, gubernatorlar va merlarga: tayyor bo‘lganingizda bizga xabar bering, biz u yerda bo‘lamiz. Lekin biz buni qilishdan oldin, siz "iltimos" so‘zini ishlatishingiz kerak", dedi Tramp. Shuningdek, u zarur bo‘lganda harbiylar ushbu maqsadlar uchun safarbar qilinishi mumkinligini ta’kidladi.
"Hech kim bizning ofiserlarimizning yuziga tupurmaydi, mashinalarimizning faralarini mushtlamaydi yoki tepmaydi, mashinalarimizga yoki vatanparvar askarlarimizga tosh yoki g‘isht otmaydi. Agar bu sodir bo‘lsa, bu odamlar oqibatlarga teng yoki undan ham og‘irroq duch kelishadi", deb xulosa qildi Oq uy rahbari.
