Tramp yengilmoqda

Tramp yengilmoqda

Donald Tramp 2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligiga saylovlarda raqibi bo‘lishi kutilayotgan Demokratlar partiyasining 5 nafar vakilidan saylovchilar o‘rtasida ma’qullanish bobida ortda qolmoqda. Langer Research Associates sosiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda, deya xabar berdi «TASS».

Tahlillarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilishga 5 nafar siyosatchining imkoniyati yuqori hisoblanadi. Gap sobiq vise-prezident Jozef Bayden, Vermont shtatidan senator Berni Sanders, Massachuses shtatidan senator Elizabet Uorren, Saut-Benda shahri meri Pit Buttejaj va Kaliforniyadan senator Kamal Xarris haqida ketmoqda.

So‘rov natijalarida keltirilishicha, agar AQSh prezidenti saylovlari hozir o‘tkazilganda, Tramp yuqoridagi besh siyosatchining har biriga yutqazgan bo‘lardi. Jumladan, agar Bayden demokratlar vakili bo‘lganida saylovchilarning 56 foiz ovozini olgan,Tramp esa 39 foiz ovoz bilan qolgan bo‘lardi. Sanders raqib bo‘lganida ham shunday natija qayd etilardi.

Uorren Trampni 54 ga 39, Buttejaj 51 ga 40, Xarris esa 52 foizga 41 foiz nisbati bilan ortda qoldirgan bo‘lardi.

Trampning o‘zi oldinroq bir necha bor OAV buyurtmasiga asosan o‘tkaziladigan bu kabi so‘rov natijalariga ishonmasligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!