Tramp BMTni tanqid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Ukrainadagi inqirozni hal qilishda yetarlicha faollik ko‘rsatmaganini aytdi.
Tegishli post Amerika yetakchisining Truth Social sahifasida e’lon qilindi.
U global tashkilot ko‘proq tashabbus ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.
Oq uy rahbari Tailand va Kambodja o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini sharhlar ekan, “Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham har qanday mojaroda, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasida ro‘y berayotgan falokatda juda kam yordam va ko‘mak ko‘rsatgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti rolini o‘ynay boshladi.
Trampning qayd etishicha, BMT “faol kuchga aylanishi va dunyo tinchligi masalalarini hal qilishi” kerak.
Amerika yetakchisi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar so‘nggi 11 oy ichida dunyo bo‘ylab sakkizta qurolli mojaroni to‘xtatgan yoki hal qilganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tailand va Kambodja endi avvalgi kelishuvlarga muvofiq tinch-totuvlikda yashaydi. Tramp, shuningdek, har ikki davlat rahbarlarini muammoning tez va adolatli hal etilgani bilan tabriklab, Qo‘shma Shtatlar har doim yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
