Tramp AQShda o‘lim jazosini joriy etishni taklif qildi

Tramp AQShda o‘lim jazosini joriy etishni taklif qildi

Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar uchun o‘lim jazosining joriy etilishigina AQShdagi giyohvand moddalar muammosini hal qilishi mumkin.

“Fentanil bizning xalqimizni o‘ldirmoqda. Narkotrafikchilar uchun o‘lim jazosini joriy qilmaguningizcha, siz hech qachon giyohvandlik muammosini chinakamiga hal qila olmaysiz”, dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

2023 yilda Federal Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) mamlakatda Meksikadan olib kelingan sintetik opioid fentanildan haddan tashqari dozadan o‘lim darajasi 2016-yildan 2021-yilgacha deyarli to‘rt baravarga oshgani haqida xabar berdi.

CDC ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlar har yili 100 mingga yaqin amerikaliklarning hayotiga zomin bo‘ladigan keng ko‘lamli opioid epidemiyasiga duch kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!