Toyota Trampning avtomobillar importi AQSh uchun tahdid ekanligi haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Toyota Trampning avtomobillar importi AQSh uchun tahdid ekanligi haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Yaponiyaning Toyota konserni AQSh prezidenti Donald Trampning avtomobillar va avtosanoat uchun butlovchi qismlarni import qilish AQSh milliy xavfsizligi uchun tahdid ekanligi haqidagi so‘zlarini tanqidiy qarshi oldi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy bayonotida aytiladi.

AQSh prezidentining bayonoti Toyota uchun bizning AQShdagi investisiyalarimiz ma’qullanmayotganini, butun Qo‘shma Shtatlardagi zavodlar xodimlarining sa’y-harakatlari qadrlanmasligini anglatadi , - deyiladi bayonotda.

Avtokonsernning qayd etishicha. Keyingi amerikaliklar bilan keyingi 60 yillik hamkorlik davomida 475 mingdan ortiq kishi mehnat qilayotgan 10ta zavod qurilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Toyota AQShga 60 mlrd dollar investisiya kiritgan.

17 fevralda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross Trampga avtoimportning ta’sirini o‘rganiish bo‘yicha natijalarni taqdim etgandi. Savdo vazirligining xulosasiga ko‘ra, avtomobillar va ayrim ehtiyot qismlarining importi Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!