Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita ko‘cha ikki kunga yopiladi

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita ko‘cha ikki kunga yopiladi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Shu ishlar doirasida, poytaxtning Binkat ko‘chasi to‘liq, Rixsiliy ko‘chasi ertaga, 12 yanvar soat 10:00 dan 14 yanvar 21:00 gacha qisman yopildi.

Harakat Rixsiliy ko‘chasida yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

"Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!