Toshkentning Yunusobod tumanida topilgan qizning ota-onasi qidirilmoqda

Toshkentning Yunusobod tumanida topilgan qizning ota-onasi qidirilmoqda

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida topilgan qizning ota-onasi qidirilmoqda, deya xabar qilmoqda Toshkent IIBB.

Qiz 9 dekabr kuni Yunusobodning 11 kvartalida topilgan. Qizning aytishicha uning ismi Isayeva Lida Tulkinovna, lekin qayerda yashashini bilmaydi. Hozirda Lida Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida bo‘lib turipdi.

Lidaning belgilari: bo‘yi 85-90 sm, sochlari och rangda, uzunligi yelkasigacha, ko‘zlari qora.

Qizni tanigan va bilganlar bo‘lsa Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markaziga yoki 71-231-87-56, 102 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Markaz manzili: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Xushnavo ko‘chasi, 102.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!