Toshkentning uch tumani bugun vaqtincha elektrsiz qoladi

Toshkentning uch tumani bugun vaqtincha elektrsiz qoladi

Toshkent shahrining uchta tumani hududida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 13 aprel kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani — “Bektemir” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tuman — “O‘rikzor” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Yunusobod tumani — “Tiklanish”, “Katta Hasanboy”, “Hasanboy”, “Sharq haqiqati” va “Islomobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!