Toshkentning bir qancha tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning bir qancha tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining ayrim tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bunga “ToshIEM”ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.

“Bir necha tumanlarning ayrim hududlarida 2022 yil 20 iyun soat 18:00 dan 21 iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv ta’minoti vaqtincha qisman to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Xususan:

• Mirobod;
• Yakkasaroy;
• Yashnobod;
• Mirzo Ulug‘bek;
• Yunusobod;
• Shayxontohur;
• Chilonzor;
• Sergeli.

Xabarga ko‘ra, yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi.

“Toshissiqquvvati” DUK noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!