Toshkentlik erkak sherigi bilan surxondaryolik oilani do‘pposladi va bosqinchilik qildi

Toshkentlik erkak sherigi bilan surxondaryolik oilani do‘pposladi va bosqinchilik qildi

2019 yil 18 fevral kuni Toshkent viloyati Qibray tumani O‘nqo‘rg‘on mahallasida yashovchi B.H. mahalladoshi J.H. bilan Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi B.CH. ismli tanishining uyiga kirib, uy egasini va uning rafiqasi hamda o‘rta maktabda tahsil oluvchi qizini urib, uyidan pullari va 2 dona Samsung rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.

Natijada B.CH. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.H. va J.H.lar Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan Umakay yo‘l patrul xizmati maskanida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!