Toshkentdan Rossiyaning ikki shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Rossiyaning ikki shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Avgust oyida boshlab Toshkentdan Novosibirsk va Omsk shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahridan Rossiyaning yana ikkita shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda shahar Transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avgust oyida Toshkent- Novosibirsk va Toshkent-Omsk yo‘nalishlari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Xususan, 18 iyul kunidan boshlab, har dushanba va payshanba kunlari soat 12:00 da Toshkent-Moskva (1 003 000 so‘m) yo‘nalishida, har seshanba va juma kunlari soat 11:00 da Toshkent-Qozon (803 000 so‘m) yo‘nalishida, har chorshanba va shanba kunlari soat 16:00 da Toshkent-Sankt-Peterburg (1 253 000 so‘m) yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

1 avgust kunidan boshlab, har dushanba kunlari soat 14:00 da Toshkent- Novosibirsk (803 000 so‘m), 2022 yil 6 avgust kunidan boshlab, har seshanba va shanba kunlari soat 23:30 da Toshkent-Omsk (803 000 so‘m) yo‘nalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!