Toshkentdan Olmaotaga ishlash uchun ketgan ayol Istanbulga borib qoldi. Uni Turkiyada fohishalik kutardi

Toshkentdan Olmaotaga ishlash uchun ketgan ayol Istanbulga borib qoldi. Uni Turkiyada fohishalik kutardi

“Xorijda ish bor, yaxshigina daromad topasiz”, deydigan “hojatbaror”larning va’dalariga ishonib qolmang. Yo‘qsa, o‘zingiz bilmagan holda odam savdosi qurboniga aylanib qolishingiz mumkin...

Oilasidan ajrashgan ayol ham opasi va boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, bir nechta ayollarni chuv tushirdi. Ular bir guruh bo‘lib, belgilangan tartibni buzib O‘zbekiston davlat chegarasidan olib o‘tish, Turkiya davlatiga aldov yo‘llari bilan olib borish, so‘ng ularni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tortib olish, fohishalik bilan shug‘ullantirish va buning natijasida moddiy daromad topishni maqsad qiladi.

Jabrlanuvchini Qozog‘iston Respublikasi orqali Turkiyaga borishi va u yerda fohishalik faoliyati bilan shug‘ullanishini to‘g‘risidagi jinoiy rejasini unga ma’lum qilmasdan Qozog‘istonda tanishlari borligini, u yerga borib, issiqxonada ishlashini va yaxshigina moddiy daromad topishi mumkinligi to‘g‘risida uni qiziqtiradi. Shu yo‘l bilan aldab, uning ishonchiga kiradi. Toshkent viloyatida joylashgan chegaraga qadar kuzatib kelib, chegaradan o‘tishi bilan uni noma’lum shaxs kutib olishini ma’lum qilib, unga o‘sha shaxsning telefon raqamini beradi. Jabrlanuvchi chegaradan o‘tib, Qozog‘iston hududiga o‘tganidan so‘ng, sudlanuvchining jinoiy sherigi – noma’lum shaxs uni kutib olib, jabrlanuvchini “Chimkent-Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan samolyotda Turkiyaga yuborgan. Jabrlanuvchi Istanbulga boradi, uni noma’lum shaxs kutib olib, Istanbuldagi uylardan biriga olib boradi. Unga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasportini tortib olishadi. Turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab, to‘rt oy davomida fohishalik bilan shug‘ullantirgan.

Sudlanuvchi jinoiy harakatlarini davom ettirib, yana ikki nafar jabrlanuvchilarni Turkiyaga yuborib, u yerda fohishalik bilan shug‘ullantirib, moddiy daromad topishni ko‘zlaydi. Bu jinoiy reja haqida jabrlanuvchilarga ma’lum qilmasdan, Turkiyada bola parvarishi, keksa yoshdagi qariyalarga qarash va boshqa shu turdagi ishlar uchun yuqori miqdorda oylik ish haqi to‘lanishini aytishadi. Ularni ham aldab, ishonchiga kirib, “Chimkent-Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan samolyotda Turkiyaga yuborgan. Ularning ham fuqarolik pasportlarini olib qo‘yib, fohishalik qilishlari uchun sotib olganligini ma’lum qilib, bir oy davomida turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlashgan. “Ish beruvchi” ham tanishiga 8 000 AQSh dollari evaziga qizlardan birini sotib yuborgan, yangi “ish beruvchi” ham jabrlanuvchini fohishalik bilan shug‘ullantirgan.

— Menga ayol tanishim qo‘ng‘iroq qildi, suhbat davomida Istanbulda ekanini, u yerga kelganiga 2 yil bo‘lganini, fohishalik ishlari bilan shug‘ullanib kelayotganini ma’lum qildi. Turkiyada ayol tanishi borligini, u ayol tanishimdan fohishalik ishlari bilan shug‘ullanishga biror bir qiz topib berishda tanishlar topib berishda yordam berishimni so‘radi. Turkiyadagi ayol tanishiga raqamimni berib qo‘yishini, agar qiz chiqib qolsa gaplashib berishimni aytdi. Oradan vaqt o‘tib, bir ayol qo‘ng‘iroq qildi, suhbat davomida fohishalik qilishga qizlar chiqib qolsa unga qo‘ng‘iroq qilishimni aytdi. Unga qiziqib ko‘rishimni aytdim. Jabrlanuvchi tanishim edi. U oldimga kelib, qiynalganini aytib, yordam berishimni so‘radi. Unga Turkiyadagi ayolni telefon raqamini berishim mumkinligini va u ayol yordam berishi mumkinligi aytdim, - deydi aybiga qisman iqrorlik bildirgan sudlanuvchi.

“HECh QANDAY DA’VOIM YO‘Q”

Issiqxonada ishlashiga ishongan jabrlanuvchi sudda quyidagilarni bayon qildi...

— Sudlanuvchi va uning opasi bilan 2016 yilda tanishib qolganman. Ular bilan suhbatlashib turgan vaqtimda, opasi menga Qozog‘iston Respublikasi Sarag‘ach tumanida ish borligini, u yerda ishlab yaxshi oylik maoshi topishim mumkinligini aytdi. Dastlab uning taklifiga rozi bo‘lmadim. Sababi 3 yoshlik qizim bor edi. O‘sha vaqtda hech qayerda ishlamasdim. Sudlanuvchi va opasi bilan telefon orqali hol-ahvol so‘rab gaplashib turardik. Oradan bir necha kun o‘tib, xolamning uyiga ikkalasi kelishdi, biroq ularni chaqirmagandim. Ular Qozog‘iston Respublikasi Sarag‘ach tumanida joylashgan issiqxonada ishlash taklifini o‘ylab ko‘rganimni so‘rashdi. U yerda ishlab, bir xonali xonadon sotib olishim mumkinligini aytishdi. O‘sha vaqtda uyim bo‘lmagani sababli, xususan qishloqda yashagan vaqtimda, issiqxona ishlari bilan shug‘ullanib yurganligim uchun ularning taklifiga rozi bo‘ldim. So‘ng sudlanuvchining opasiga qo‘ng‘iroq qilib, roziligimni bildirdim. Sudlanuvchi bilan ko‘rishdidm, opasining uyiga olib bordi. U yerda bir kun qoldim. Ertasi kuni opasida qizimni qoldirdim. Sudlanuvchi esa meni Toshkent viloyatidagi chegara postiga olib ketdi. U yerda notanish erkak kutib olishini aytib, raqamini berdi. Sudlanuvchidan uning telefon raqamini nima qilishim kerakligini so‘raganimda, “chegaradan o‘tishing bilan unga qo‘ng‘iroq qil, kutib oladi”, dedi. Fuqarolik pasportim bilan Qozog‘iston chegarasidan o‘tdim. Biroq meni chegaradan o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarim yo‘q edi. Bu haqda sudlanuvchidan so‘raganimda, “muammo bo‘lmaydi”, deyishdi. Chegaradan o‘tishim bilan notanish erkak kutib oldi. O‘zining boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tkazib, qayergadir olib borib, o‘zining ishlarini bajardi. So‘ng ikki qavatli temir yo‘l izi yonidagi ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatiga olib kirdi. Uyga kirganimdan so‘ng undan “qachondan issiqxonada ishlayman?” deb so‘raganimda “hozir vaqtim yo‘q, ertaga olib ketaman”, dedi. Shu bilan u xonadonda o‘zim qolib ketdim. Ertasi kuni o‘sha shaxs tushlik uchun ovqat olib keldi. Kech tushishi bilan u o‘zining ishlarini yakunlab bo‘lgach, ko‘p qavatli uyga olib bordi. Birinchi qavatiga joylashtirdi, kechki ovqatdan so‘ng, “uxlab dam oling, Almataga aviachipta sotib olishim kerak”, dedi. Issiqxona joylashgan joy Almatada bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ertasi kuni soat taxminan 04:00 larda meni uyg‘otib ketishim kerakligini aytdi. U bilan birga aeroportga bordim, notanish ayolning suratini ko‘rsatib, shu ayol meni Almatada kutib olishini aytdi. Samolyotga o‘tirib, uchib ketdim. Yonimdagi yo‘lovchi bir ayol qayerga va nima uchun ketayotganimni so‘radi. Issiqxonada ishlash uchun Almataga ketayotganimni ma’lum qildim. Shunda ayol Almataga emas, aksincha Istanbulga ketayotganimni aytib qoldi. Haqiqatdan ham shu vaqtda aeroport bortida samolyot xizmatchilari turk tilida gapirishayotgandi. Hayron bo‘lgancha, Istanbulga yetib bordim. Suratda ko‘rsatilgan to‘lachadan kelgan, ko‘rinishidan tojik millatiga mansub ayol kutib oldi. Taqdirga tan berib, u bilan birga ketdim. Meni ko‘p qavatli uyga olib borib, pasportimni berishimni so‘radi, dastlab bermadim. “Bir marotaba ko‘rib qaytarib beraman”, dedi. Qo‘l yukimni ochib turgan vaqtimda, ayolning yonida bo‘lgan bilishicha uning akasi sumka ushlab turgan qo‘limga oyog‘i bilan bir marotaba turtib tepib yubordi. Qo‘limdagi sumka yerga tushdi va ichidagi pasportimni ayol olib ko‘zdan kechirdi. “Pasportimni bering”, deganimda qaytarib bermasdan, sudlanuvchidan meni 10.000 AQSh dollariga sotib olganini aytdi. Bu pullarni qaytarishim uchun fohishalik qilishim kerakligini bildirdi. Majburlikdan va pasportimni tezroq qaytarib olib, O‘zbekistonga qaytishim uchun uning taklifiga rozi bo‘ldim. Istanbulda fohishalik qilib yurgan vaqtlarimda mijoz sifatida kelgan shaxs bilan yaqindan tashib qoldim. Unga bo‘lgan holat to‘g‘risida batafsil aytib berdim, dardimni tushunib, O‘zbekistonga qaytishimga yordam berishini aytdi. Kunlarning birida kechki vaqt men turgan joyga kelib, eshik yonida turgan qorovulning qo‘liga pul berib, spirtli ichimlik olib kelishini, u yerdagi qizlar bilan qolishini ma’lum qildi. Qorovul binodan uzoqlashishi bilan menga orqa tomondan pastga tushishimni va meni olib ketishini aytdi. Shu tariqa u bilan birga qochdim. Biroq fuqarolik pasportim u ayolda qolib ketdi. Meni olib ketgan erkakning yashash xonadoniga bordik. U yerda taxminan 2-3 oy muddat birga nikohdan o‘tib yashadik. Bu orada Turkiyadagi tanishlardan sudlanuvchi O‘zbekistondan qochib kelganini eshitdim. U bilan telefon orqali suhbatlashdim, o‘zaro olib borilgan suhbatda sudlanuvchi pasportimni olib berishini, O‘zbekistonda qolib ketgan qizimni yoniga qaytishimni va qanday yordam bo‘lsa qilib berishini aytib telefonni qo‘ydi. Vaziyat taqozosi bilan sim kartamni yangiladim. Bu orada men bilan nikohdan o‘tib yashagan erkak O‘zbekistonga yuborishini aytib, tegishli hujjatlarimni elchixona orqali tayyorlab berdi. Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chipta sotib olib berdi va o‘sha kuni O‘zbekistonga qaytdim. Hozirda sudlanuvchiga nisbatan hech qanday da’voim yo‘q, suddan yengilroq jazo tayinlashni so‘rayman.

2 YIL SINOV MUDDATI BELGILANDI

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “b,d,e,z,i” bandlari bilan aybli deb topildi va 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. JKning 72-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi. Sinov muddati davomida belgilangan majburiyatlarni bajarmagan yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun ma’muriy yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan taqdirda hukmning shartliligi uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan bekor qilinib, hukmni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkinligi tushuntirildi.

Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi munosib hulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasiga almashtirilib, sud majlisi zalining o‘zida darhol ozod qilindi.

Shoxdiyor Shermatov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Cho‘ntakka zarba: Go‘sht narxi “uchib ketdi” – O‘zbekistonda mart oyida 9,1% oshdi!

Ўзбекистонда инфляция янада кучайди – йиллик кўрсаткич 10,3% га етди!

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

Eron oltita davlatni ogohlantirdi

Шунингдек, Эрон қуролли кучлари юқори жанговар шай ҳолатга келтирилди

Quvayt endi Eronga oshkora va’da berdi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан чоршанба куни тушда Қувайт амири Наваф Ал-Аҳмад Ал-Жобир Ас-Сабоҳ билан телефон орқали суҳбатлашди

TEZKOR AXBOROT: O‘zbekistonning ba’zi hududlarini suv bosishi mumkin

4-7 апрель кунлари ёмғирлар бошланади – сел ҳудудлари эълон қилинди!

Krishtianu Ronaldu o‘zining birinchi futbol klubini sotib olmoqchi

Агар "Валенсия" мавсум якунларига кўра Ла Лигани тарк этмаса, харид амалга ошиши мумкин.

Chernobil hayvonlarida kutilmagan superqobiliyatlar aniqlandi

Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.

Shov-shuv! Xitoy dengiz ostida 100 million tonna neft topdi!

Денгиз тубида катта бойлик! CNOOC тарихий нефть кашфиётини эълон қилди!

Endilikda 11,25 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari qat’iy nazoratda bo‘ladi

Бу ҳақда Марказий банк ва Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти қарор қабул қилди.

Rossiyaning urush mashinasi tezlashmoqda

Россия ўз ҳарбий салоҳиятини таҳлилчилар башорат қилганидан ҳам тезроқ оширмоқда.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Rossiya nefti ham quladi

Bloomberg хабар беришича, Россиянинг Urals маркали нефти нархи бир баррель учун 52,76 долларгача пасайди.

Rossiya raketa zarbasi tasvirlari e’lon qilindi

Россия "ҳарбий форум" деб урган ресторанда аёллар форуми бўлган.

Tramp Eronda "ko‘p pul" borligini aytdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Яқин Шарқдаги ҳозирги муаммолар Эронда "кўп пул" пайдо бўлгани билан боғлиқлигини таъкидлади.

Janjal boshlandi! Tramp Xitoyga ultimatum qo‘ydi, amerikaliklarga esa vahimaga tushmaslikni maslahat bermoqda

9 апрел – иқтисодий уруш куними? Трампнинг Хитойга қаттиқ баёноти.

Xitoyda 100 tonna tirik timsoh auksionda sotilayapti! Narx va shartlar hushingizni oladi

Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак

NATO Xitoyning harbiy salohiyatidan hayratda

Бу ҳақда НАТО бош котиби Марк Рютте Japan Times билан суҳбатда маълум қилди.

Rossiya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Yevropadan kuchliroq bo‘lib qoldi

Россия Украинадаги уруш бошланганидан бери Европадан кучлироқ бўлиб қолди — деб ёзади Германиянинг Die Welt нашри.

Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

Андижон шаҳрида таксичилик қилувчи шахс Россия фуқароси билан тил бириктириб, ўзбекистонликларни Россия-Украина урушига ёллашга уринган.

Ilon Maskning milliarder bo‘lishiga yo‘l ochgan to‘qqizta kitob ro‘yxati e’lon qilindi

Илон Маскнинг миллиардер бўлиши учун таъсир кўрсатган тўққизта китоб эълон қилинди деб хабар бермоқда akpars.ru.портали.

Donald Tramp Xitoyga bir kun muhlat berdi

Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.

Ukraina urushi, 7 aprel holati: Xarita Rossiyaning front chizig‘idagi yutuqlari kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda

Москва Украина ҳудудининг тахминан бешдан бир қисмини назорат қилмоқда. Россиянинг ютуқлари жуда кўп қурбон эвазига қийинчилик билан қўлга киритилди.

Eron radar tizimlarini joylashtirmoqda

1000 км масофада таҳдидларни кўради – Эрон Ghadir радарларини фаоллаштирмоқда.

G‘azoda homiladorlik "qo‘rquv soyasida" - JSST

Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.

Yaponiyada tibbiy yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi

Ҳодиса оқибатида 86 ёшли бемор, унинг 68 ёшли қариндоши ва 34 ёшли шифокор ҳалок бўлган.

Tramp vaziyat yomonlashsa, qizamiqga qarshi chora ko‘rishga va’da berdi

Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп Оқ уй матбуот ҳавзаси журналистлари билан суҳбатда маълум қилган.

AQSHDA qassob pichog‘i bilan bolalarga hujum qildi

Бу ҳақида Ҳисобот New York Post расмийларга таяниб хабар бермоқда.

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3500 dan oshdi

Бу ҳақда Хитой марказий телевиденияси хабар берди.

Isroilning G‘azoga bergan zarbalari tufayli kamida 43 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда телеканал хабар берди Ал-Жазира манбаларга асосланиб.

Germaniyaning Duysburg shahrida tahdidlar tufayli barcha maktablar yopiladi

Бу ҳақда газета ёзмоқда Расмий маҳаллий полицияга таяниб.

Saudiya Arabistoni va AQSh hutiylarga qarshi operasiya tayyorlamoqda

Бу ҳақда CNN манбаларга таяниб хабар берди.

Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash uchun minglab odamlar namoyishga chiqdi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВга таяниб, “Репорт” хабар берди .

Xitoy olimlari Osiyoda yangi zilzilalar xavfidan ogohlantirmoqda

Бу ҳақда South China Morning Post хабар бермоқда

Netanyaxu Mudofaa vaziriga G‘azodan raketa otishlariga qattiq javob berishni buyurdi

Бу ҳақда “Репорт ” бош вазир девонида маълум қилди.

Isroil harbiylari G‘azo sektorida falastinlik 15 nafar tibbiy xodimni o‘qqa tutgani va o‘ldirgani aks etgan videolavhani e’lon qildi

Жиноятни тасдиқловчи далил вазифасини ўтаётган видеолавҳани суратга олган фелдшер ҳам ўлдирилган.

Namanganda ijaraga mashina olgan maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi

Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.