Toshkentdagi tungi klubda pichoqlashish sodir bo‘ldi. Ikki kishi o‘ldi

A A A
Toshkentdagi tungi klubda pichoqlashish sodir bo‘ldi. Ikki kishi o‘ldi

Kun bo‘yi ishdan, o‘qishdan, kundalik tashvishlardan charchagan kishilarni tun o‘z bag‘rida allalaydi. Charchog‘larini yozib, ertangi kungi yumushlar, oilasi farovonligi uchun, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoq uchun barcha orom oladi. Kunduzgi shovqinlardan charchagan shahar ham sokinlik bag‘riga singadi. Yashash lazzatini anglagan har bir inson o‘z turmush tarzini ana shunday davom ettiradi. Ammo kelajakdagi maqsadi aniq bo‘lmagan, kattalarning nasihatini qulog‘iga ilmagan, hayotning qadriga yetmagan ba’zi yoshlar esa butun shahar va shaharliklarning halovatini buzadilar. Nafaqat o‘zgalar halovatini, o‘z hayotlarini, baxtu saodatlarini, yorqin kelajaklarini ham qorong‘ulikka itqitib, umr deya atalmish betakror va ulug‘ ne’matni afsus-nadomatga aylantiradilar.

Sobir (ismlar o‘zgartirilgan) 1997 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maxsus ma’lumotli bu yigit hali uylanmagan, vaqtincha ishsiz. Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida doimiy ro‘yxatda turadi, biroq Toshkent shahrida ijarada yashaydi.

Sardorbek ham 2002 yilda Farg‘onada tug‘ilgan, bugungi kunda Toshkentda do­imiy ro‘yxatda turadi va yashaydi.

Bu yigitlarning biri-biriga o‘xshashlik tomonlari bor: ayni kuch-quvvatga to‘lganda ikkalasi ham ishsiz. Sardorbekning yigitlik gashtini surishiga qaraganda o‘ziga to‘q oilaning farzandi. Bunday o‘ylashimizning boisi, ishsiz odamda pul bo‘lmaydi, pul topsayam uning qadriga yetadi, behudaga sarflamaydi. Bularga o‘xshab tunning qoq yarim kechasida tungi klublarda yurmaydi. Lekin Sobir o‘z uyini tashlab kelib, ijarada turib, bozorda qovun-tarvuz sotadi.

O‘sha kuni ham ularning har biri o‘zlariga o‘xshagan 4-5 nafar tanishlari bilan tungi soat 3:00 larda savdo majmuasiga borishadi. Sobir do‘stlari bi­lan binoning 3-qavatida joylashgan tungi klubga chiqadi. U yerda o‘zlaricha “hayot gashtini” surishadi: o‘yin-kulgi qilishadi, spirtli ichimlik ichishadi. Tun ham o‘tib, tong ota boshlagach, soat 5.30 larda hartugul ketish taraddudiga tushishadi. Yegan-ichganlarining esa pulini tulashni “unutishadi”. Ammo ularni bino oldida qo‘riqchilar to‘xtatishadi. Ular pul to‘lashlarini talab qilishar ekan, shirakayf yigitlarning ko‘zi klubdan chiqib kelayotgan ikki qizga tushadi. Ularni ko‘rib, to‘lashi kerak bo‘lgan pullarniyam “unutib” qizlarga gap ota boshlashadi. Ularni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan “siylashadi”. Bu ham yetmaganday, tegajoqlik qila boshlashadi. Albatta, ularning beozoriliklariyu haqoratlariga qizlar ham jim turishmagach, yigitlarning “sherligi” tutadi.

... Shu kuni Sardorbek ham soat 19:00 larda tanishlari bilan savdo majmuasi binosining 2-qavatida joylashgan restoranga borib, u yerda 02:30 larga o‘tirishadi. Spirtli ichimlik ichib, keyin o‘tirishni davom ettirish uchun shu binoning yuqori qavatida joylashgan tungi klubga chiqishadi. U yerda shu klubda tanishgan bir nechta tanishlari bi­lan o‘tirib, spirtli ichimlik ichishni davom ettirishadi. Klub binosidan tanishlari bilan birga chiqib, bino oldida begona yigitlarning qizlar bilan janjallashayotganining ustidan chiqib qolishadi. Barchasi mast holatda bo‘lgan ikki guruh yigitlarining to‘qnashuvi taxmin qilinganidek fojiaga sabab bo‘lishi barchaga ayon. Shunday bo‘ldi ham.

Ichkilik shisha ichida jimgina turadi, insonning oshqozoniga tushgach esa uning o‘zi “shayton”ga aylanib, egasini “sher”ga aylantiradi.

Sardorbek va uning do‘stlari ham klub qo‘riqchilari bilan bahslashib turgan yigitlarning oldiga borib, ularning tortishuviga aralashishadi. Bu ham yetmagandek, qizlarning yonini olib, ularning “himoyachisi”ga aylanib, og‘izlaridan “bodi kirib, shodi chiqishi” bilan “sherlar jangi” boshlanadi...

Sardorbek Sobir va yana bir yigit bilan talashib-tortishib, ularga shikast yetkazadi.

Sobir urish-janjalni to‘xtatmoqchi, bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan Sardorbekning tanishlariga qarshilik ko‘rsatadi. Ularni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘idan jinoyat quroli sifatida foydalanib, ushbu pichoq bilan ikki yigitning qorin qismi, ulardan birining o‘ng qo‘l yelka sohasiga bir marotaba, yana bir yigitning ko‘krak qafasi orqa yuzasiga ikki ma­rotaba urib, og‘ir tan jarohati yetka­zadi.

Shuningdek, Sobirning qotillik harakatlari bu bilan tugamaydi. U qarshi guruh yigitlarini qasddan o‘ldirish harakatida pichoq bilan hamla qilayotgan paytida, orqa tomondan yugurib kelib, janjalga aralashgan o‘zining do‘stini ham Sardorbekning tanishlaridan deb o‘ylab, qorniga pichoq uradi va og‘ir tan jarohati yetkazadi...

Pichoqlanganlarning ikki nafari o‘z vaqtida shifoxonaga olib boriladi va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Ammo ming afsuski, olingan tan jarohatlari natijasida qolgan ikki kishi vafot etadi: biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada jon beradi.

Sudda yigitlardan birining qonuniy vakili apellyasiya shikoyatida, marhum uning yagona farzandi bo‘lgani, oyiga o‘rtacha 2-3 million miqdorida pul mablag‘i olib kelib turganini aytib, sudlanuvchi Sobirga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirishni belgilashni so‘ragan.

Sobir 22 yilga, Sardorbek esa 5 yilga ozodlik­dan mahrum bo‘lishdi. 21 yoshli Sardorbek ayni yigitlik davrini qamoqda o‘tkazsa, afsus va nadomatlar bo‘lsinki, endigina 24 yoshni qarshilayotgan Sobir panjara ortidan chiqqanida umrining vaqt millari 40 dan oshib 50 ga tomon ketib, bong urayotgan, uning tengdoshlari hayotda ko‘zlagan maqsadlariga erishib, o‘g‘il uylantirib, qiz uzatib, nabira suyayotgan bo‘ladi. Essiz hayot, essiz umr...

Masalaning yana bir tomoni kishini o‘ylantiradi: mamlakatimizdagi barcha narsa uning ravnaqi va fuqarolarning baxti uchun xizmat qilishi kerak emasmi? Aslida xalqimizga tungi klublar kerakmi? Ularning yurtimizga nima foydasi bor? Aytish noqulay va nojioz bo‘lsa ham tungi klub degani ishratxona emasmi? U yerga faqat ichkilik ichish va maishat qilishni istaganlar kelishi bor gap-ku. Ichkilik avjiga chiqqan joyda esa urish-janjal bo‘­lishi va u albatta xunuk oqibatlar bilan yakunlanishi ham ayni haqiqat! Odob- axloqi, ta’lim-tarbiyasi yo‘q bo‘lgan yoshlarning huquqbuzarlik qilishlariga imkoniyat, shart-sharoit yaratib berayotganlar kimlar? Yoshlar xalqimizning ertasi va yuzi-ku! Holbuki, bu fojia tungi klublarda sodir bo‘layotgan ko‘ngilsizliklar, fojialarning birinchisi ham, oxirgisi ham emas. Unday joylardagi maishatbozliklardan keyin qanchadan-qancha yosh oilalar buziladi, qancha yoshlar umri xazon bo‘lar ekan, bu faqat Yaratganga ayon! Xulosa o‘zingizdan...

Xamidjon SHAMSHIYEV, Toshkent shahar sudining sudyasi,

Saodat Matyaqub qizi, muxbir


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Amerika samolyotlari Suriya osmoniga olovli bombalarni tashladi

Бу ҳақда Сурия телеканали хабар бермоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.

Rutte: NATO mamlakatlari "Yaqinlashib kelayotgan Rossiya tahdidi"ni sezmayapti

Бу ҳақда Reuters агентлиги унинг Мюнхен хавфсизлик конференциясидаги нутқини эълон қилди.

Almatida 52 kishi ugar gazidan zaharlandi

Қозоғистоннинг Алмати шаҳрида темир йўл вокзалидан келган поездда угар газидан заҳарланиш оқибатида 52 киши, шу жумладан болалар жабрланди.

Eronda havo ifloslanishi har yili 50 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti

Эрон Соғлиқни сақлаш вазири Мохаммад Реза Заферганди маълум қилишича, ҳаво ифлосланиши ҳар йили тахминан 50 минг кишининг ўлимига олиб келмоқда.