Toshkentdagi “Sokin soy” kafesi yaqinida sodir bo‘lgan janjal aybdorlari qidirilmoqda

Toshkentdagi “Sokin soy” kafesi yaqinida sodir bo‘lgan janjal aybdorlari qidirilmoqda

Internet tarmog‘ida “Sokin soy” kafesi yaqinida bir nechta kishi va haydovchi o‘rtasida kelishmovchilik videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 21 sentyabr kuni Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida 30 yoshli Farxod I. “Spark” rusumli (davlat raqami 01 138 WHA) avtomobilni boshqarish davomida yo‘l chetida to‘xtagan. So‘ng bir nechta noma’lum shaxslar kelib, haydovchi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etib ichki ishlar organlariga jo‘natmoqchi deb o‘ylab u bilan janjal boshlashgan.

Holat Olmazor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limida qayd etildi. Hozirda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noma’lum kishilarning shaxslarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonuniy chora ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Муминов
    Odamlayam dalbayob bo'pqogan Qoida buzma bo'ldi bu turvuradi ayb topomi nima muommo avvalo qoidaga rioya qil.
    exstrame
    Бир иккита ахмокларни чикарган конун ни деб ахоли уртасида шундай низо чикяпди энди бунака нарса купаяверади
    Axmad
    Hali bunaqa sotqinlarni uldiradiyam odamlar kim chiqargan bu qonuni uzi