Toshkentdagi qurilish bozorida mojaro: aka-uka bir kishini do‘pposlashdi

A A A
Toshkentdagi qurilish bozorida mojaro: aka-uka bir kishini do‘pposlashdi

Bozorga har kim o‘z rejasi, o‘z yumushi bilan keladi. Kimdir savdo-sotiq qilsa, kimdir uning xaridori. O‘rtadagi beminnat yordamchilar ham borki, ularning mehnati haqida eslamaslikning iloji yo‘q.

Ya’ni, yuk tashuvchilar, kuryerlar xizmati sotuvchi uchun ham, oluvchi uchun ham, nihoyatda zarur. Ammo... ular mushtumzo‘r bo‘lib chiqsa-chi?! Dodingizni kimga aytasiz?

O‘sha kuni Abror Nodirov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) poytaxtimizning Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan “Story Mir” qurilish mollari bozoriga ishlagani chiqqanida kimdir uni do‘pposlab urishi, ish sudgacha borishini xayoliga keltiribdimi, deysiz.

Sudlanuvchi Hakim Yo‘ldoshev sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, 2014 yildan beri “Stroy Mir” qurilish bozorida kuryer bo‘lib ishlab kelishini, ya’ni bozordagi do‘konlarga firmalardan kerakli qurilish mollarini olib yetkazib berish bilan shug‘ullanishini, shu sababli deyarli kunora bozorga borib turishini aytdi. Sudlanuvchi bozorda uning akasi ham yuk mashinasida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanishini aytdi.

Gap shundaki, voqea sodir bo‘lgan kuni Hakim bozorda jiyanining do‘koni yonida turgan bo‘ladi. Bir doimiy mijoz kelib jiyanining do‘konidan 2 dona panel mahsulotini oladi. Odatda, jiyanining do‘koni bo‘lganligi uchun u mijozlariga yukini yetkazib berishni akasiga topshirar edi.

Sud majlisida Hakim o‘sha mijoz do‘konning doimiy mijozlardan biri bo‘lib, akasi ko‘pincha yuklarini olib borib berganligini, shuning uchun shu safar ham uning yuklarini akasi olib borishini o‘ylab turganida o‘rtaga boshqa odam kelib qo‘shilganini, oqibatda janjal chiqqanini aytdi.

Jabrlanuvchi mijozning oldiga kelib, uning yuklarini olib borib berishini aytib, xizmat haqini kelisha boshlaydi. Mijoz unga 50 ming so‘m berishini aytadi. Yuk tashuvchi esa, 80 ming so‘m so‘raydi. Lekin jabrlanuvchi mijoz aytgan narxga boshqa yuk tashuvchini gaplashib berishini aytib, yana bir sherigi bo‘lgan yuk tashuvchini chaqiradi. Shunda voqeani kuzatib turgan Salimning bundan jahli chiqadi. Keyin Abror akaning yoniga borib nega uning ishlariga arlashayotganini so‘raydi. Shunda ularning o‘rtalarida kelishmovchilik yuzaga keladi. Daxanaki jang janjalga aylanib ketadi. Janjalga Salim Yo‘ldoshev ham aralashadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sayyor ochiq sud majlisida jabrlanuvchi va aybdorlar va ularning qonuniy vakillari, guvohlar ishtirokida jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Jinoyat ishi jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan buzish, bezorilik deya tavsiflandi. Sudda aybdorlarning ko‘rsatuviga ko‘ra, ular o‘sha kuni Abrorni urib-tepib, do‘pposlab, jabrlanuvchining sog‘lig‘i qisqa muddatli buzilishiga olib kelgan shikast yetkazishgani ma’lum bo‘ldi.

Bozorda norasmiy yuk tashuvchi bo‘lib ishlovchi aybdorlar sud majlisida qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirishdi. Jabrlanuvchi esa, shifoxonada 10 kun davolanganligini, o‘sha kuni urib-tepishlar natijasida jigari ham lat yeganini aytdi. O‘sha kuni u janjal chiqishini istamaganini, buni ularga tushuntirganini aytdi. Mushtumzo‘r aka-ukalar esa, janjallashuvdan keyin ham tinchimay, uning orqasidan kelib yana gap talashganini, orqasidan yugurib kelib uni tepib, yerga ag‘darganligini, yiqilganidan foydalanib aka-uka uni yotgan joyida urib-tepib tashlashganligini esladi. Mushtumzo‘rlar jabrlanuvchini asosan bosh tomoniga urishganini aytdi. Jigariga ham tepishgani, u yerda dumalab yotgani uchun ularga qarshilik qila olmaganligini, o‘sha vaqtda atrofda deyarli hech kim yo‘q bo‘lganligini aytdi.

Uzoqroqdan odamlar ularni ajratishga kelgunicha aka-ukalar jabrlanuvchini tepkilab ketishadi. Atrofdagilar ularni ajratib, jabrlanuvchini shifoxonaga jo‘natadi.

Sud majlisida jabrlanuvchi sudlanuvchilar davolanishi mobaynida bir necha marotaba kasalxonaga kelib, undan xabar olib turganligini, agar xohlasa xususiy klinikada davolatishini aytganligi, bu vaqtda ahvoli og‘irligi uchun bunga rozi bo‘lmaganligini aytdi. Biroq u tan jarohati olganligi sababli ishga ham chiqa olmaganligini, kunlik topadigan daromadlari ham to‘xtab qolganligini, davolanish xarajatlarini ukasi qoplaganligini, shifokor unga yana 2 oy ishga chiqmasdan davolanishini aytganligini bildirdi.

Sudlanuvchilar esa, unga hech qanday moddiy yordam bermaganligini, faqatgina sud jarayonida unga yetkazilgan zarar sudlanuvchilar tomonidan to‘liq qoplanganligini, shu sababli uning sudlanuvchilarga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirib, suddan sudlanuvchilarga nisbatan yengillik berilishini so‘radi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, burun suyaklarining yopiq sinib, suyak bo‘laklarining qoniqarli turishi, bosh chakka sohasi, burun egar sohasi, o‘ng yelka bo‘g‘imi sohasi, o‘ng qo‘l kaft sohasi, ko‘krak qafasi o‘ng tomoni va o‘ng tizza bo‘g‘imi sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi oqibatida uning sog‘lig‘i qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil darajadagi tan jarohati olganligi aniqlandi.

Sud guvohlarning, jabrlanuvchining va sudlanuvchilarning ko‘rsatmalarini tinglab, sud-ekspertiza xulosasi boshqa dalillarni inobatga olib, odilona hukm chiqardi. Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 277-moddasi ikkinchi qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildilar.

Ularning har ikkisiga ham 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ozodlikni cheklash jazosini yashash joyida soat 22:00 dan 6:00 ga qadar o‘tash belgilandi.

Hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng yashash joyini hukmning ijrosini nazorat qiluvchi organ ruxsatisiz o‘zgartirmaslik, muayyan joylar — choyxona, kafe, bar, restoranlarga bormaslik, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqmaslik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik taqiqlari qo‘yildi.

Mirziyod ABIDOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.