Toshkentdagi "Nest One" turar-joy majmuasida 9 nafar ishchi zaharlandi

Toshkentdagi "Nest One" turar-joy majmuasida 9 nafar ishchi zaharlandi

Toshkentdagi "Nest One" turar-joy majmuasida 9 nafar ishchi zaharlandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarni tasdiqladi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 15 yanvar kuni Nest one» turar joy majmuasida qurilish ishlarini olib borayotgan 9 nafar ishchi-xodimlari «L.C.» (nomi mahfiylangan) MCHJ tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilib, “ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari natijasiga ko‘ra, 16.01.2023 yilda JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijasiga ko‘ra, aybdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!